03

Andijon davlat chet tillari instituti
Roman-german va slavyan tillari fakulteti bitiruvchilariga diplom topshirish marosimi tantanali ruhda bo‘lib o‘tdi.
Marosim davomida bitiruvchilarga oliy ta’limni muvaffaqiyatli tamomlaganliklarini tasdiqlovchi diplomlar topshirildi. Ushbu unutilmas lahzalar yillar davomida egallangan bilim, izchil mehnat va fidoyilikning munosib e’tirofi bo‘ldi.
Joriy yilda institut tarixida ilk bor bitiruvchilarga ikki tillik diplomlar topshirilgani ushbu marosimning tarixiy ahamiyatini yanada oshirdi. Bu esa bitiruvchilarning xalqaro maydondagi ta’lim va kasbiy faoliyati uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi barcha bitiruvchilarni ushbu quvonchli kun bilan samimiy muborakbod etadi hamda ularga mustahkam sog‘liq, kasbiy faoliyatida yuksak muvaffaqiyatlar va porloq kelajak tilaydi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati