Umumiy ma’lumot

Andijon davlat chet tillari instituti — chet tillari sohasi boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlaydigan oliy oʻquv yurtlaridan biri.

O‘zbekiston prezidenti Andijon davlat chet tillar institutini tashkil etishni 31-maydagi qarori bilan tasdiqladi. Institutda o‘quv jarayoni 2022/2023-o‘quv yilidan boshlandi va talabalarga ikkita xorijiy til bo‘yicha kvalifikatsiya beriladi.

Institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari
Xorijiy tillar sohasi bo‘yicha oliy maʼlumotli, ilmiy hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash; o‘quv jarayonida xalqaro baholash dasturlari, standartlaridan foydalanish, o‘qitish hamda baholashning zamonaviy shakllari, texnologiyalari va metodlarini joriy etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lgan pedagoglarni tayyorlash; ilmiy loyihalarni amalga oshirish shuningdek, yetakchi xorijiy oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari bilan hamkorlikda qo‘shma taʼlim dasturlari joriy etish; xalqaro eʼtirof etilgan tashkilotlarning amaldagi reytingida oliy taʼlim muassasalari orasida yuqori 1 000 talik o‘rinni egallagan xorijiy oliy taʼlim muassasasining dasturi asosida o‘z taʼlim dasturlarini shakllantirish va yetakchi xorijiy oliy taʼlim muassasalari bilan mustaqil ravishda qo‘shma taʼlim dasturlari va ilmiy loyihalarni joriy etish; taʼlimni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, shuningdek, o‘quv jarayoniga raqamli texnologiyalarni tatbiq qilish, jumladan, o‘quv jarayonini talabalarda mustaqil taʼlim olish va amaliy, badiiy, sinxron, ketma-ket va ilmiy-texnik tarjima ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirish; institutning ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirib borish, jumladan, professor-o‘qituvchilar stajirovkasi hamda malaka oshirishini xorijiy va nufuzli respublika oliy taʼlim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida tashkil etish institut faoliyatining asosiy yoʻnalishlari sanaladi.

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishi
2022/2023-oʻquv yilidan
1. Filologiya va tillarni oʻqitish: ingliz tili

2. Filologiya va tillarni oʻqitish: fransuz tili

3. Filologiya va tillarni oʻqitish: nemis tili

4. Filologiya va tillarni oʻqitish: rus tili

5. Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili

6. Tarjima nazariyasi va amaliyoti: rus tili

7. Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili

8. Xorijiy til va adabiyoti: rus tili

9. Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (tillar boʻyicha)

2023/2024-oʻquv yilidan
10. Tarjima nazariyasi va amaliyoti: fransuz tili

11. Tarjima nazariyasi va amaliyoti: nemis tili

12. Filologiya va tillarni oʻqitish: arab tili

13. Filologiya va tillarni oʻqitish: koreys tili

14. Filologiya va tillarni oʻqitish: xitoy tili

15. Filologiya va tillarni oʻqitish: yapon tili

Magistratura mutaxassisliklari
2022/2023-oʻquv yilidan
1. Xorijiy til va adabiyoti (tillar boʻyicha)

2. Lingvistika (tillar boʻyicha)

3. Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (tillar boʻyicha)

2023/2024-oʻquv yilidan
4. Sinxron tarjima (tillar boʻyicha)

5. Badiiy tarjima (tillar boʻyicha)

Skip to content