Ingliz filologiyasi, o‘qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti dekani: Ahadjon Djumaqo‘ziyevich Ataboyev
Qabul vaqti: Har kuni 10:00-17:00 (Chorshanba va Jumadan kunlaridan tashqari)
Telefon: +99893 429-39-10
E-mail: ataboyev.87@bk.ru
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari: Hosilbek Mavlonovich Matqulov
Qabul vaqti: Har kuni 09:00-17:00
Telefon: +99893 631-23-78
E-mail: matqulov78@mail.ru
O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari: Baxromjon Abduraimovich Saidov
Qabul vaqti: Har kuni 09:00-17:00
Telefon: +99893 244-70-40
E-mail: mrbahromsaidov@gmail.com
O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari: Turaxon Saydullayevich Abdurahmonov
Qabul vaqti: Har kuni 09:00-17:00
Telefon: +99897 165-05-50
E-mail: turahon0606@gmail.com
O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari: Dilshod Abduqodirovich Muxtorov
Qabul vaqti: Har kuni 09:00-17:00
Telefon: +99891 123-18-46
E-mail: dilshodbek1846@gmail.com
FAKULTET HAQIDA
Andijon davlat chet tillari instituti “Ingliz filologiyasi, o‘qitish metodikasi va tarjimashunoslik” fakulteti institut Ilmiy Kengashining 2022-yil 30-avgust 1-sonli yig‘ilish qarori bilan tashkil topgan. Andijon davlat chet tillari instituti boshqaruv tuzilmasining tarkibiy bo‘linmasi hisoblanadi. Uning faoliyati 60230200– Tarjima nazariyasi va amaliyoti (Ingliz tili), 610110500– Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavr va ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg‘unlashgan holda olib borish, ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, kafedralarning o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirishga yo‘naltirilgan.
Andijon davlat chet tillar instituti rektorining 2022 yil №____ sonli buyryg‘iga asosan Ingliz filologiyasi, o‘qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti dekani lavozimiga filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) A.Ataboyev tayinlandi.
Hozirgi kunda fakultetda 2 ta kafedra mavjud:
Mazkur kafedralarda hozirgi paytida, 2 ta professor, 1 fan nomzodi dotsent, 2 ta f.f.f.d (PhD) dotsentlar, 7 ta f.f.f.d (PhD) v.b. dotsentlar, 4 ta katta o‘qituvchilar, 38 ta assistent-o‘qituvchilar hamda 6 tа xodimlar mehnat qilmoqdalar. 2023-2024 o‘quv yilining 20-yanvar holatiga jami 1882 talaba tahsil olmoqda.
Fakultetda tayyorlanayotgan yo‘nalishlar:
Mazkur bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar:
Tarjima nazariyasi va amaliyoti: ingliz tili bakalavriat ta’lim yo‘nalishi — umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, davlat boshqaruvi organlari, ommaviy axborot vositalari, umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.Yo‘nalish buyicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari, kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda bakalavrlarning kasbiy faoliyat sohalarida qo‘shimcha va o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Qo‘shimcha va o‘zgarishlar muayyan ta’lim yo‘nalishlarining malaka talablari va o‘quv rejalarini yangilangan holda ishlab chiqishda hisobga olinadi.
Gid hamrohligi va tarjimonlik faoliyati (ingliz tili) bakalavriat ta`lim yo‘nalishi – bakalavriat ta’lim yo‘nalishi – fan va xizmat ko‘rsatish sohasidagi yo‘nalish bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlari, markazlari, davlat boshqaruv organlari, sayyohlik agentliklari, aviakompaniya, firma va mehmonxonalar, tarjimonlik xizmati tashkilotlari, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasbhunar ta’limining davlat va nodavlat muassasalarida kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
Ta`lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy faoliyati quyidagilardan iborat:
– tarixiy obidalar, muzeylar va diqqatga sazovor joylarda gid-hamrohlik vazifasini bajarish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi ;
– ekskursiya marshrutlari dasturlari va texnologik hujjatlarini ishlab chiqa olishi;
– turistik korxona tuzilmaviy bo‘linmasi mehnat faoliyatining ratsional tashkillashtirish bo‘yicha ishni tashkillashtirisha olishi ;
– turistik korxona ekskursion bo‘linmasi tasdiqlagan rivojlanish strategiyasiga muvofiq loyihalar realizatsiyasini ta’minlay olishi.
O‘zbekiston Respublikasida turizmni rivojlantirish ilg‘or yo‘nalishlarini belgilay olishi;
– ekskursiya byurosi ishidagi muammolar tahlili bo‘yicha ishlarni tashkillashtira olish;
– ekskursiya bo‘linmalari marketing strategiyasini shakllantirish va marketing rejasi va dasturlarini ishlab chiqa olish;
– o‘z bilimi va ko‘nikmasini egallagan lavozimida mustaqil faoliyat ko‘rsatish talablariga va professionalizmga ega bo‘lish;
Xorijiy til va adabiyot (ingliz tili) bakalavriat ta’lim yo‘nalishi — umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, davlat boshqaruvi organlari, ommaviy axborot vositalari, umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.Yo‘nalish buyicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari, kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda bakalavrlarning kasbiy faoliyat sohalarida qo‘shimcha va o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Qo‘shimcha va o‘zgarishlar muayyan ta’lim yo‘nalishlarining malaka talablari va o‘quv rejalarini yangilangan holda ishlab chiqishda hisobga olinadi.
Filologiya va tillarni o‘qitish: ingliz tili bakalavriat ta’lim yo‘nalishi — umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari, umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, davlat boshqaruvi organlari, ommaviy axborot vositalari, umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.Yo‘nalish buyicha fan, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlari, kadrlar buyurtmachilari talablaridan kelib chiqqan holda bakalavrlarning kasbiy faoliyat sohalarida qo‘shimcha va o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin. Qo‘shimcha va o‘zgarishlar muayyan ta’lim yo‘nalishlarining malaka talablari va o‘quv rejalarini yangilangan holda ishlab chiqishda hisobga olinadi.
Maktabgacha va boshlang‘ich ta`limda xorijiy til (Ingliz tili)- «Ta’lim» soxasidagi yo‘nalish bo‘lib, maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari, maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalari tizimining tashkilotlari, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy tadqiqot institutlari, davlat boshqaruvi organlari, ommaviy axborot vositalari, maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining davlat va nodavlat muassasalarida kompleks masalalar majmuasini qamrab oladi.
Maktabgacha va boshlangich ta’limda xorijiy til (tillar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlar kasbiy faoliyatining obyektlari:
– maktabgacha ta’lim muassasalari, umumiy o‘rta ta’lim maktablarida xorijiy tilni o‘qitish jarayoni,
– o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil etish, o‘qitishning ilg‘or pedagogik texnologiyalarini qo‘llash,
– xorijiy tilni o‘qitishning zamonaviy metodikasini ishlab chiqish va tatbiq etish,
– tashkilot va korxonalarda zamonaviy boshqaruv tizimini yaratish, tashkiliy tuzilmalarni optimallashtirish, boshqaruv samaradorligini oshirish, mehnatni rag‘batlantirish jarayonlari.
60112600-Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda chet tili (tillar bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavrlarning kasbiy faoliyati turlari: maktabgacha ta’lim muassasalari, umumiy o‘rta ta’lim tizimi. mutaxassislikka mos keladigan ta’lim muassasalarida pedagogika;
Fakultetda tayyorlanayotgan mutaxassisliklar:
Fakultetdagi iqtidorli talabalar
Nurmatova Zahro Nosirjon qizi
2023/2024-o‘quv yilida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiya sohibasi;
G‘ulomova Bibi Muxlisa Maxmudjon qizi
2023/2024-o‘quv yilida Islom Karimov davlat stipendiya sohibasi;
Komilova Xabibaxon Zafarbek qizi
2023/2024 o‘quv yilida Navoiy davlat stipendiya sohibasi
Lavozim yo‘riqnomalari:
Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning malaka talablari: