Ingliz tili va adabiyoti

Ingliz tili va adabiyoti dekani : Karimov Kamoldin Nasriddinovich

Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00

Telefon: +998 97 219-00-44

E-mail: king230680@gmail.com

 

Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari: Vositov Otabek Toxirjonovich

Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00 (dushanba va shanbadan tashqari)

Telefon: +998 93 213-10-01

E-mail: otabekvositov55@gmail.com

 

O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari: Jamoldinov Sanjarbek Qosimjon o’g’li

Qabul vaqti: Har kuni 15:00-17:00 (dushanba va juma kunlari )

Telefon: +998 93 276-96-96

E-mail: sanjarbek7587@gmail.com

 

 

 

 

O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari: Imomaliyev Xayrullo Xamdamboyevich

Qabul vaqti: Dushanba va payshanba kunlari 15:00-17:00

Telefon: +998 93 466-87-71

E-mail: Xayrullo060483@gmail.com

 

FAKULTET HAQIDA

Andijon davlat сhet tillar instituti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti oliygohning tayanch bo‘limlaridan bo‘lib, 1966-2010 yillarda barcha ta’lim dargohlari  uchun minglab malakali ingliz tili va adabiyoti o‘qituvchilarini tayyorlab kelgan. Fakultetda filologiya fanlari doktori, professor S.Rahimov, dotsent G‘.Satimov, T.Umrzaqovlar uzoq yillar faoliyat olib borgan. Xozirda fakultetda filologiya fanlari doktori, professor G‘.Hoshimov,  filologiya fanlari doktori V.Vositov filologiya fanlari nomzodlari, dotsentlar: Sh.Alimov, S.Solijonov kabi fidoiy o‘qituvchilar  hozirda ham faoliyat yuritib kelmoqda. 

Fakultet dekanlari lavozimida: 1966-1968 yillarda К. А. Buxner Tillar instituti ochilishi munosabati bilan 1966 yil avgust oyidan chet tillar fakulteti dekani lavozimida faoliyat ko’rsatgan.

– M.To’xtayev 1968-1971 yillar

– O’Xoshimov 1971-1973 yillar

– S.Rahimov 1973-1977 yillar

– Sh.Qo’chqorov 1977-1982 yillar

– X.Soliyev 1982-1985 yillar

– M.Rahimov 1985-1986 yillar

– T.Cherepanova 1986-1996 yillar

– G’ Xoshimov  1996-1998 yillar

– M.Rahimov 1998-2003 yillar

–  X.Soliyev 2003-2005 yillar

– I.O’sarov 2006-2007 yillar

– T.Umrzaqov 2007-2009 yillar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010 yil 30 avgustdagi “Andijon davlat universitetida kadrlar tayyorlash tuzilmasini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 192-sonli Qarori va O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligining 2010 yil 3 sentyabrdagi 341-sonli buyrug‘i bilan Andijon davlat tillar pedagogika instituti tugatilib, Andijon davlat universiteti tarkibida xorijiy tillar fakulteti sifatida tashkil etildi va fakultet dekani etib Usmonjon Rahimov tayinlandi.

– U.Rahimov 2010-2012 yillar

– B.Rahmonov 2012-2013 yillar

– A.Mamatqulov 2013-2014 yillar

– M.Abduvaliyev 2015-2017 yillar

– A.Mamatqulov 2018-2020 yillar

– D.Rustamov 2020-2022 yillar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-265 sonli qaroriga asosan chet tillarini o‘qitish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani ta’lim tizimiga joriy qilish, chet tillarini mukammal egallagan oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini takomillashtirish hamda xorijiy tillar bo‘yicha filologlar, pedagoglar, tarjimonlar va gid hamrohlarini tayyorlash tizimini yanada kengaytirish maqsadida 2022-yili qayta tashkil etilgan Andijon davlat chet tillari instituti tarkibida tashkil topdi. Fakultetga Egamnazarova Durdona Shuxratullayevna  dekan etib tayinlandi. 

  • Egamnazarova 2022-2023 yillar
  • Karimov 2023 yil avgust oyidan buyon dekan lavozimida faoliyat olib kelmoqda.

Hozirgi kunda fakultetda 3 ta kafedra mavjud:

  • Ingliz tili va adabiyoti;
  • Ingliz tili amaliyoti;
  • Ingliz tili nazariy aspektlari.

Ushbu kafedralarda 100 nafardan ziyod  professor-oʻqituvchilar ishlab kelmoqda. Ulardan 4 nafari fan doktori, professorlar, 15 nafari fan nomzodi, dotsentlardir. 2024 yil yanvar xolatiga 1724 nafar talaba tahsil olib kelmoqdalar.

Fakultetda tayyorlanayotgan yo’nalishlar:

60111800 – Xorijiy tili va adabiyoti  (Ingliz tili);

5111400 – Xorijiy tili va adabiyoti  (Ingliz tili);

Mazkur bakalavriat ta’lim yo’nalishi bo’yicha kadrlar:

Davlat va nodavlat ta’lim muassasalari, korxonalar, tashkilotlar, davlat boshqaruv organlarida ingliz tili mutaxassisliklari bo’yicha faoliyat olib bormoqda.  

 

Fakultetdagi iqtidorli talabalar

 

Rahimova Zebiniso

2015/2016 o’quv yilida Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi

 

Yusupova Nargiza

2015/2016 o’quv yilida Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi

 

Abdusalomova Saidadabonu Ziyovuddin qizi

2018/2019 o’quv yilida Zulfiya nomidagi davlat mukofoti sohibasi;

 

Ismoilova Barnoxon Alijon qizi

2019/2020 o’quv yilida Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi

 

Pozilova Barchinoy

2021/2022 o’quv yilida Navoi nomidagi davlat stipendiyasi sohibasi

 

Jamoldinov Sanjarbek Qosimjon o’g’li

2021/2022 o’quv yilida Navoi nomidagi davlat stipendiyasi sohibi

 

Nurmatova Zahro Nosirjon qizi

2023/2024 o’quv yilida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sohibasi.

 

Tolipova Zebuniso Ulug’bek qiz 

2023/2024 o’quv yilida Navoiy davlat stipendiyasi sohibasi.

 

Lavozim yo’riqnomalari:

  • Fakultet dekani
  • Yoshlar bilan ishlash,ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari
  • O’quv ishlar bo’yicha dekan o’rinbosari
  • Fakultet ish yurutuvchisi
  • Fakultet o’quv ishlar bo’yicha dispecheri
  • Fakultet uslubchisi

 

Ta’lim yo’nalishlari va mutaxassisliklarning malaka talablari:

60111800 – Xorijiy tili va adabiyoti  (Ingliz tili);

5111400 – Xorijiy tili va adabiyoti  (Ingliz tili);

Skip to content