Ingliz tilini o’qitishning integrallashgan kursi kafedrasi
Kafedra O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31 mayda PQ 265- sonli qarorli Andijon Davlat Chet tillari Instituti tashkil etish to’g’risidagi qarori asosida tashkil topdi.
Kafedraga rahbar etib filologiya fanlari nomzodi professor v.b. Abduvaliyev Muhammadjon Arabovich tayinlandi.
Kafedra tarkibi
Kafedrada asosiy shtatda 1nafar professor v.b., 2 nafar dotsent, 1 nafar PhD, 3 nafar kata o’qituvchi, 17 nafar o’qituvchilar faoliyat yuritmoqda. Bugungi kunda kafedraning ilmiy salohiyati 25% ni tashkil etadi.
Kafedrada o’qitiladigan fanlar
II kurs “60230100 – «Filologiya va tillarni o’qitish: ingliz tili» ta’lim yo’nalishida
II kurs “60112600 – «Maktabgacha va boshlang’ich ta’limda ingliz tili» ta’lim yo’nalishida
III kurs 5111400 – «Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)» ta’lim yo’nalishida
IV kurs 5111400 – «Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)» ta’lim yo’nalishida
Kafedraning umumiy o’quv yuklamasi
Kafedraning umumiy o’quv yuklamasi 31170 soatni tashkil etadi, ulardan 2042 soat ma’ruza, 3868 soat seminar, 9822 soat amaliy mashg’ulotlar.
Kafedra tasarufidagi akademik guruhlarda nazarda tutilgan malakaviy va pedagogik amaliyotlar Andijon shahridagi maktabgacha, umumiy o’rta ta’lim, akademik litsey, texnikum va kollejlar bilan hamkorlik aloqalari asosida yo’lga qo’yilgan.
Kafedra professor-o’qituvchilarni tomonidan amaliy oshiralayotgan loyihalar
№ |
Loyiha nomi |
Mualliflar |
Muddati |
Loyixa uchun ajratilgan mablag’lar |
1 |
Chet tillar institute uchun zamonaviy kutibxona loyixasi |
Tadjibayeva Gulzoda |
2022-2023 |
350ming Andijon shaxar xalq deputatlari kengashi qarori 2022 yil 3.04 VI-28-23-1-29-K122 |
2 |
O’zbek folklorining o’zbek va ingliz tillaridagi veb-sayti va multimediya mahsulotlarini yaratish |
Abduvaliyev M.A. |
2020-2022 |
1mlrd 350ming |
Kafedraning 2022-2026-yillarga mo’ljallangan istiqbolli rejasiga ko’ra kafedra ilmiy salohiyati 45%ga oshiriladi , xalqaro hamkorlik doirasida AQSH va Rossiya mamlakatlaridan 3nafar mutaxasis o’quv jarayoniga taklif etiladi. Professor-o’qituvchilar tomonidan 4ta darslik, 12ta o’quv qo’llanma va 35 ta uslubiy qo’llanmalar yaratildi.