HEMIS axborot tizimi oliy taʼlim muassasalarining asosiy faoliyatlarini avtomatlashtirish hisobiga maʼmuriy xodimlar, professor-oʻqituvchilar va talabalarga elektron taʼlim xizmatlarini taqdim etadi. Axborot tizimi oliy taʼlim muassasalari bilan Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi oʻrtasida axborot koʻprigi vazifasini oʻtaydi hamda oliy taʼlim muassasalaridan olinadigan turli xil maʼlumotlar sonini keskin kamaytirish, ularning qogʻoz shaklidan voz kechish va boshqaruv tizimini raqamlashtirishga xizmat qiladi.
Xodimlar bu manzil orqali institutning HEMIS axborot tizimiga kirishlari mumkin. Xodim tizimga kirish uchun Login / Parol ni Axborot xavfsizligi bo’limidan o’zi kelgan holatda oladi
Talabalar bu manzil orqali institutning HEMIS axborot tizimiga kirishlari mumkin. Talaba tizimga kirish uchun Login va Parol ni o’zi tahsil olayotgan fakultetning dekanaidan yoki o’ziga biriktirilgan Tyutoridan oladi