BITIRUVCHI TALABALARGA DIPLOMLAR TANTANALI RAVISHDA TOPSHIRILDI

Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakulteti bitiruvchi talabalariga diplomlarni tantanali topshirish marosimi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.

Marosim davomida bitiruvchilar yillar davomida egallagan bilim va ko‘rsatgan sa’y-harakatlarining munosib e’tirofi sifatida diplomlarini ustozlari qo‘lidan tantanali ravishda qabul qildilar. Quvonch, hayajon va faxrga boy ushbu unutilmas onlar bitiruvchilarning hayotida yangi bosqichning boshlanishini ifoda etdi.

Bitiruvchilarning yutuqlarida munosib hissa qo‘shgan professor-o‘qituvchilar hamda ota-onalarga samimiy minnatdorlik bildiramiz.Barcha bitiruvchilarni ushbu quvonchli voqea bilan yana bir bor tabriklaymiz! Sizlarga mustahkam sog‘liq, kasbiy faoliyatingizda ulkan yutuqlar, ezgu maqsadlaringiz sari dadil odimlar va yorqin kelajak tilaymiz. Yangi hayot yo‘lingiz doimo muvaffaqiyat va zafarlarga boy bo‘lsin!

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content