

Olti kun davom etgan Andijon davlat chet tillari instituti “Talabalar yozgi o‘quv oromgohi” o‘z yakuniga yetdi. Bu kunlar ishtirokchilar uchun shunchaki dam olish emas, balki yangi bilimlar, unutilmas taassurotlar, samimiy do‘stlik va mazmunli xotiralarga boy hayot maktabi bo‘ldi.
Oromgoh davomida sport musobaqalari, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, seminar-treninglar, ijodiy kechalar, intellektual tanlovlar hamda jamoaviy loyihalar orqali talaba-yoshlar o‘z iste’dod va imkoniyatlarini namoyon etishdi. Har bir kun yangi sinovlar, yangi yutuqlar va yangi taassurotlarni tuhfa etdi.
Yopilish marosimi esa ana shu olti kunlik unutilmas lahzalarning yorqin yakuni bo‘ldi. Birgalikda o‘tkazilgan har bir daqiqa, kulgular, do‘stlik rishtalari va ezgu xotiralar ishtirokchilar qalbida uzoq vaqt saqlanib qoladi.
OROMGOH–2026 yakunlandi, ammo bu maskanda orttirilgan motivatsiya, hamjihatlik va yorqin xotiralar talaba-yoshlarni yangi o‘quv yilida yanada ulkan marralar sari ilhomlantirishda davom etadi.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati