Ilmiy kengash

Institut huzurida (PhD) ilmiy darajasini beruvchi raqamli ilmiy kengash tuzildi

O‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasi huzuridagi Oliy attestasiya komissiyasi to‘g‘risidagi nizom” va “Ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengash to‘g‘risidagi nizom” asosida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining murojaati va OAK Filologik tadqiqotlar bo‘yicha ekspert kengashi tavsiyasiga muvofiq OAK Rayosatining 330/2-son qarori ijrosi asosida:

–        Andijon davlat chet tillari instituti huzurida filologiya fanlari bo‘yicha falchafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01 raqamli ilmiy kengash tuzildi;

–        Ilmiy kengashga quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha dissertasiyalar himoyasini o‘tkazishga ruxsat berildi:

10.00.04 – “Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti”;

10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik”;

10.00.11 – “Til nazariyasi. Amaliy va komp’yuter lingvistikasi”.

–   Ilmiy kengashning quyidagi ro‘yxatga asosan tarkibi tasdiqlandi:

Institut kengashi ( yuklab olish )

Andijon davlat chet tillari instituti huzuridagi PhD.03/29.12.2022.Fil.156.01 raqamli ilmiy kengash qoshida ilmiy seminar tarkibi ham tasdiqlandi:

 

Institut kengash ilmiy ( yuklab olish )
Skip to content