Ijtimoiy gumanitar fanlar, pedagogika va psixologiya

 

Kafedra mudiri

TESHABOYEV AKRAMJON YULDASHEVICH
Kafedra mudiri. Pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Telefon: +998 97 324 74 54 
E-pochta: Akramjon_60@mail.ru  
Qabul kunlari: har kuni 

 

 

Kafedra tarixi

O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022 yil 31-maydagi PQ-265-sonli Andijon davlat chet tillari institutini tashkil etish to‘g‘risidagi qaroriga asosan Andijon davlat chet tillari instituti tashkil etildi. “Roman german va slavyan tillari” fakulteti tarkibida “Ijtimoiy gumanitar fanlar, pedagogika va psixologiya” kafedrasi tashkil etildi.  Unga p.f.n., dotsent A.Yu.Teshaboyev kafedra mudiri etib tayinlandi.

 

Kafedra faoliyati

“Ijtimoiy gumanitar fanlar, pedagogika va psixologiya” kafedrasida hozirda 17 nafar professor-o‘qituvchi faoliyat olib bormoqda. Shulardan: 6 nafari fan nomzodi bo’lib ulardan 1 nafari pedagogika fanlari nomzodi dotsent, 1 nafari tarix fanlari nomzodi dotsent, 1 nafari psixologiya fanlari nomzodi dotsent, 2 nafari pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd), 1 nafari yuridika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd). Bundan tashqari 1 nafar katta o‘qituvchi, 10 nafar o‘qituvchilar, ulardan 3 nafari stajer o‘qituvchilarni tashkil etadi.

Kafedra ilmiy salohiyati 35,29% ni tashkil etib, kafedrada umumiy pedagogika, umumiy psixologiya, O‘zbekistonning eng yangi tarixi, falsafa, dinshunoslik, jismoniy tarbiya va sport, yosh fiziyologiyasi va gigiyena, ta’limda raqamli va axborot texnologiyalari, fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi kabi fanlar o‘qitiladi.

 

Kafedra oldidagi vazifalar

          Kafedra jamoasi oldida ijtimoiy-gumanitar fanlarni o‘qitishda zamonaviy axborot texnologiyalari va xorijiy ilg‘or tajribalardan foydalangan xolda o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borish vazifasi qo‘yilgan. Shu bilan birga kafedraning ilmiy faoliyati va salohiyatini takomillashtirish yo‘lida fan doktori va pedagogika fanlari bo‘yich falsafa doktorlarini ko‘paytitrish maqsadida ustoz-shogird an’anasi tizimli yo‘lga qo‘yilgan.

Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yo’nalishlari

Kafedrada quyidagi istiqbolli ilmiy-tadqiqot ishi yo‘nalishida izlanishlar olib borilib, professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘qituvchining kreativ va innovatsion faoliyatini raqamlashtirish (soxalar bo‘yicha) muammolarga bag‘ishlangan tadqiqot ishlari olib borilmoqda:

Asosiy ITI mavzusi: “O‘qituvchining kreativ va innovatsion faoliyatlarini rivojlantirish tizimini takomillashtirish (soxalar bo‘yicha)”;

Qo‘shimcha ITI mavzusi: “O‘qituvchining o‘quv-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish va raqamlashtirish masalalari (soxalar bo‘yicha)”.

 

Darslik va o‘quv qo‘llanmalar

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bir qancha darslik va o’quv qo‘llanmalari yaratilgan. Bulardan: umumiy pedagogika fanidan  A.Yu.Teshaboyev va M.Mirzakarimova, M.Ishanovalar tomonidan “Umumiy pedagogika” nomli darsligi, D.G.Umnov tomonidan “Общая педагогика” nomli rus tilida darsligi, F.S.Dumayev tomonidan “Jinoyat-protsessual huquqi” darsliklari nashr etilgan.

N.Qosimova tomonidan “Возрастная психология” nomli rus tilida o‘quv qo‘llanmasi, M.Mirzakarimova tomonidan “General pedagogy (Theory of pedagogy)” nomli o‘quv qo‘llanmasi, M.Ishanovaning “Umumiy pedagogika” nomli o‘quv qo‘llanmalari nashr qilingan.

 

Kafedraga mas’ul yo‘nalish va mutaxassisliklar:

 

Ta’lim yo‘nalishlari:

 

  • 60111800 – «Xorijiy til va adabiyoti (Ingliz tili)» ta’lim yo’nalishi
  • 60230100 – «Filologiya va tillarni o’qitish: ingliz tili» ta’lim yo’nalishi
  • 60230200 – «Tarjima nazariyasi va amaliyoti : ingliz tili» ta’lim yo’nalishi
  • 60230100 – «Filologiya va tillarni o’qitish: nemis tili» ta’lim yo’nalishi
  • 60230100 – «Filologiya va tillarni o’qitish: fransuz tili» ta’lim yo’nalishi
  • 60111800 – «Xorijiy til va adabiyoti: rus tili» ta’lim yo’nalishi
  • 60230100 – «Filologiya va tillarni o’qitish (rus tili)» ta’lim yo’nalishi
  • 60230200 – «Tarjima nazariyasi va amaliyoti: rus tili» ta’lim yo’nalishi
  • 60230100 – «Filologiya va tillarni o’qitish (arab tili)» ta’lim yo’nalishi
  • 60230100 – «Filologiya va tillarni o’qitish (koreys tili)» ta’lim yo’nalishi
  • 60230100 – «Filologiya va tillarni o’qitish (xitoy tili)» ta’lim yo’nalishi
  • 60230100 – «Filologiya va tillarni o’qitish (yapon tili)» ta’lim yo’nalishi
  • 60112600 – «Maktabgacha va boshlangich ta’limda ingliz tili» ta’lim yo’nalishi
  • 5111400 – «Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili, nemis tili, fransuz tili)» ta’lim yo’nalishi;

 

Ta’lim mutaxasisliklari:

 

  • 70230101 – Lingvistika (ingliz tili)
  • 70230201 – Qiyosiy tilshunoslik, lingvistik tarjimashunoslik (ingliz tili)
  • 70111801 – Xorijiy til va adabiyoti (ingliz, nemis tili, fransuz tillari)

 

Kafedrada o‘qitiladigan fanlar ro‘yxati

Ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun:

  1. Umumiy pedagogika
  2. Ta’limda pedagogik diagnostika
  3. Umumiy psixologiya
  4. Maktabgacha va boshlangich bolalar psixologiyasi
  5. Raqamli axborot texnologiyalari
  6. Axborot texnologiyalarini soxada qo‘llash
  7. Mediya savodxonlik va axborot madaniyati
  8. Oliy matematika
  9. Yosh fiziologiyasi va gigiyenasi
  10. Falsafa
  11. Dinshunoslik
  12. O‘zbekiston tarixi
  13. O‘zbekistonning eng yangi tarixi
  14. O‘zbekiston va ipak yo‘li: san’at va arxeologiya
  15. Jahon hamjamiyatida O‘zbekiston
  16. Jahon tarixi
  17. Yangi taxrirdagi O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyasi
  18. Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi ta’lim tizimidagi isloxatlar
  19. Kasbiy ma’naviyat

 

Kafedra professor-o‘qituvchilari ro‘yxati

  1. Teshaboyev Akramjon Yuldashevich
  2. Mirzakarimova Maxliyoxon Madaminjonovna
  3. To‘xtasinova Gulbaxor Abdurazzakovna
  4. Ishanova Muxayyo Umarxo‘jaevna
  5. Qosimova Nargiza Dilmurodovna
  6. Nasritdinov Qobiljon Maxammadjonovich
  7. Dumaev Fayzullo Suvonxonovich
  8. Rahmonov O‘tkir Usmonjonovich
  9. Sirojiddinova Soxiba Mamasiddiqovna
  10. Alieva Ra’noxon Amanullaevna
  11. Madaminov Zoxidjon Yunusovich
  12. Teshabayev Allayorjon G‘anievich
  13. Dumarova Gulfira Kozimbekovna
  14. Mamadaliev Muzaffarjon Umarovich
  15. Sobirova Mahmuda Nematjon qizi
  16. Xolmurotov Jahongir Baxritdinovich
  17. Raupova Mushtariybegim Ilxomjon qizi

 

Skip to content