Ishlar boshqarmasi boshlig’i

Dumayev Fayzulloxon Suvanxanovich

 

Andijon davlat chet tillari instituti ishlar boshqarmasi boshlig’i

Yuridik fanlari bo’yicha falsafa doktori PhD, iqtisodchi

Telefon: 

Elektron manzil: Fayzulloxon_uz@mail.ru

  • Ishlar boshqarmasi boshlig’i O’zbekiston Respublikasi qonunlariga, Prezident farmonlari, Vazirlar mahkamasining qarorlariga, Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi buyruqlari, ko’rsatmalari hamda boshqa idoralarning me’yoriy hujjatlariga asoslangan holda ishlar boshqarmasi faoliyatiga oid ishlariga rahbarlik qiladi va faoliyatini muvofiqlashtirib boradi.
  • boshqarmaning barcha turdagi faoliyatiga rahbarlik qiladi, boshqarma xodimlarining ish faoliyatini tashkil etadi va uni nazorat qiladi;
  • boshqarmaning joriy va istiqboldagi rejalarini ishlab chiqadi va boshqarma xodimlarining ish rejalarini tasdiqlaydi;
  • boshqarmaning yil davomida olib borgan faoliyati natijasi bo’yicha hisobotini tayyorlaydi;
  • boshqarmaning ish rejasi, yo’riqnomasi, nizomi, me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqadi va rahbariyatga tasdiq uchun taqdim etadi;
  • boshqarma faoliyatini filial va bo’limlar faoliyati bilan muvofiqlashtiradi;
  • boshqa tashkilot va korxonalarga yuboriladigan hujjatlarni o’z huquq va vakolati doirasida tayyorlaydi hamda rahbariyatga taqdim etadi;
  • boshqarma xodimlari tarkibini malakali kadrlar bilan ta’minlash, xodimlar tomonidan amaldagi qonunchilik talablarini bevosita bajarilishi, ularni ijtimoiy himoya qilish bo’yicha amaliy ishlar qilishi, faolllik ko’rsatgan xodimlarni rag’batlantirish masalalari bo’yicha chora-tadbirlar amalga oshiradi;
  • boshqarma xodimlarining mehnat faoliyati uchun zarur bo’lgan shart-sharoitlarni yaratishi, xodimlar tomonidan mehnat intizomiga qat’iy rioya qilinishi hamda qo’l ostidagi xodimlarning ijodiy tashabbuskorlik va faollikni rivojlantirish bo’yicha ishlar olib boradi;
  • moddiy va ma’naviy rag’batlantirish, mehnat samaradorligini oshirish, shuningdek topshirilgan vazifaga nisbatan har bir xodimning va jamoaning mas’uliyatini oshirishga oid masalalarni hal etishni ta’minlaydi;
  • boshqarma vakolati doirasiga kiruvchi masalalar yuzasidan davlat, jamoat tashkilotlari va muassasalari tadbirlarida rahbariyat ruxsati bilan ishtirok etadi;
  • xodimlar tomonidan ichki tartib qoidalarga amal qilinishini, ish faoliyati davomida foydalanish uchun berilgan moddiy qiymatliklardan xodimlar ehtiyotkorlik bilan unumli foydalanilayotganligi xolatini doimiy nazorat qiladi;
  • institut hududi va binolariga xodimlar hamda boshqa shaxslarning kiritilishi hamda chiqarilishi shuningdek, moddiy qiymatga ega bo’lgan buyumlarni kiritilishi hamda chiqarilishi ustidan to’liq nazoratni olib boradi;
  • institut xodimlari tomonidan moddiy boyliklardan unumli, tejamkorlik va ehtiyotkorlik bilan foydalanilishini va moddiy boyliklarga nisbatan zarar keltirilishini oldini olish choralarini ko’radi;
  • institut balansida bo’lgan moddiy qiymatliklarni inventarizasiya qilishda ishtirok etuvchi komissiya a’zolari ishini tashkil etadi;
  • xodimlarni moddiy javobgarlik haqidagi joriy qonunlar bilan, shuningdek unga ishonib topshirilgan moddiy boyliklarni saqlash, qabul qilish, ro’yxat asosida tarqatish, tashish bilan bog’liq amaldagi yo’riqnomalar, me’yorlar va qoidalar bilan tanishtiradi;
  • institut balansidagi barcha moddiy qiymatliklarni yaxshi va ehtiyotkorona saqlanishiga bevosita javobgar hisoblanadi;
  • ishlar boshqarmasi faoliyatiga oid barcha qilingan ishlar yuzasidan institut rahbariyatiga hisobot berib boradi.
  • xo’jalik ishlariga oid masalalar bo’yicha institut ilmiy Kengashi qarorlari, rektor buyruqlari va farmoyishlarini bajarilishini tashkil etadi.
  • ilg’or mamlakatlar ta’lim tizimining rivojlanish tendensiyalarini o’rganish, «Ta’lim to’g’risida»gi qonun, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va boshqa ta’limga oid qonunlarda ko’rsatilgan vazifalarni amalga oshirish borasidagi uslub va vositalarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirilishini ta’minlaydi.
  • byudjetdan tashqari mablag’larni ko’paytirish maqsadida kichik va o’rta biznes bo’limlarni tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini rivojlantirishga ko’maklashadi.
  • kapital ta’mirlash, joriy ta’mirlash, kommunal xizmatlari va elektr energiya harajatlarini belgilangan darajada tejamli sarflanishini nazoratga olish va moliyaviy harajatlarni tahlil qilish. Bajarilgan ishlarni qabul qilib oladi hamda sifatiga javob beradi.
  • ijro intizomini buzgan xodimlarga nisbatan chora ko’rish, ular bilan sharnomani bekor qilish bo’yicha takliflar beradi.
  • o’rnatilgan tartibda institut yillik reytingini aniqlash, tanqidiy tahlil qilish, faoliyatni takomillashtirishga oid ishlarni amalga oshiradi.
  • institut moddiy-texnika bazasi va uni hozirgi zamon talabiga javob berish uchun qilinadigan ishlar, institut hududida obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish va amalga oshirish rejalarini tuzish. O’quv binolari va talabalar turar joylaridagi binolarni o’t o’chiruvchi anjomlar bilan to’ldirish, unga ketadigan moliyaviy harajatlarni nazoratga oladi.
  • o’quv-laboratoriya binolari va institut boshqa inshootlarining (issiqlik va gaz tarmog’i, suv, elektr, aloqa ta’minoti) avariyasiz holatini tashkil qiladi.
  • institut xo’jalik ishlari bilan bog’liq bo’lgan masalalar bo’yicha ish olib boradi.
  • institut va talabalar turar joylaridagi tozalikni, olib borilayotgan obodonlashtirish va ko’kalamzorlashtirish ishlarini nazorat qilish va moliyaviy ishlar bilan bog’liq bo’lgan vazifalarni hal etadi.
  • o’quv jarayonini sifatli tashkil etish maqsadida hozirgi zamon talabidagi o’quv uskunalari va asboblari, o’qitishning texnik qurilmalari hamda stol-stullarni kerakli xonalarda yangilash ishlarini olib boradi, ularga ketadigan moliyaviy harajatlarni smeta asosida nazoratga oladi.
  • institut xo’jalik faoliyatining asosiy turlari bo’yicha moliyaviy-iqtisodiy smeta, harajatlarni yillik va kelajak rejalarini tayyorlashini va bajarilishini ta’minlaydi.
  • mehnatni muxofaza qilish, yongin va texnika xavfsizligi bo’yicha tadbirlar tashkil etish, kvalifikasiya hay’ati ishini tashkil etadi va injener-texnik xodimlarning malakasini oshiradi.
  • o’quv jarayonini ta’minlash maqsadida jihozlar, qurilmalar va materiallar sotib olish, maishiy-ijtimoiy binolar va yotoqxonalarni mebel hamda inventarlar bilan ta’minlash bo’yicha shartnomalar tuzadi.
  • institut hududidagi xonalarni, sport inshootlarini, jihozlarni ijaraga berish bo’yicha tuzilgan shartnomalarni ekspert baholashni amalga oshiradi.
  • mehnat va turmush sharoitini normallashtirish tadbirlarini tashkil qilish, sanitar va profilaktik sog’lomlashtirish tadbirlarini o’tkazish, tibbiy ko’riklar, emlash, dezinfeksiya va boshqalarni o’tkazadi, jamoatchilik asosida ishlovchi to’garaklarni va institut miqyosida o’tkaziladigan tadbirlarni moddiy jihatdan ta’minlaydi (havaskorlik to’garaklari, sport seksiyalari va boshqalar).
  • institutda o’rnatilgan tartibda doimiy ichki attestasiyadan o’tkazish, tashqi attestasiya-akkreditasiyaga tayyorlash va o’tkazishda faol ishtirok etadi.
  • jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasiga, vazirliklar va institut rektorining virtual qabulxonalari hamda talabalar va ota-onalar qabulxonalariga tushgan murojaatlarni ishchi guruh a’zolari bilan o’rnatilgan tartibda ko’rib chiqadi, murojatlarda ko’tarilgan masalalar yuzasidan lavozim vazifalariga mas’uliyatsizlik bilan qaragan mansabdor shaxslarga intizomiy choralar ko’rish bo’yicha takliflar tayyorlaydi.
  • amaldagi qonunchilik asosida boshqa vazifalarni bajaradi.

 

Skip to content