IQTIDORLI VA FAOL TALABALAR OTA-ONALARI VAZIR TASHAKKURNOMASI BILAN TAQDIRLANDI

“Payshanba — yoshlar kuni” doirasida Andijon davlat chet tillari institutining bir guruh iqtidorli va faol talabalari ota-onalari O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri K.A. Sharipov nomidan Tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Mazkur e’tirof farzandlarining ilm-fan va ta’lim sohasida erishayotgan yutuqlari, yuksak intellektual salohiyati, tashabbuskorligi hamda jamiyat hayotidagi faol ishtiroki bilan bir qatorda, ularni komil inson etib tarbiyalash yo‘lida ota-onalarning fidokorona mehnati va beqiyos xizmatlarini munosib qadrlash maqsadida topshirildi.

Tashakkurnomada mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar va yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanayotgan, bilimli, vatanparvar, tashabbuskor va yuksak ma’naviyatli yoshlarni voyaga yetkazishda ota-onalarning o‘rni alohida e’tirof etildi.

Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi Vazir Tashakkurnomasi bilan taqdirlangan ota-onalarni samimiy muborakbod etadi hamda ularga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, xonadonlariga fayzu baraka, farzandlarining yutuqlaridan doimo faxrlanib yurish baxtini tilaydi.

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content