JISMONIY TAYYORGARLIK SINOVLARINI MUVAFFAQIYATLI TOPSHIRGAN TALABALAR TAQDIRLANDI

5

Andijon davlat chet tillari institutida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sport sinovlarining ixtiyoriy va maxsus talablarini muvaffaqiyatli topshirgan talaba-yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda institutning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori J.Siddikov, sport klubi raisi o‘rinbosari R.Isakov, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

🎖Sinovlarni muvaffaqiyatli yakunlagan talabalar I, II va III darajali “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” ko‘krak nishoni, guvohnoma hamda sport formalari bilan taqdirlandi.

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content