OROMGOHDA SHAXSIY RIVOJLANISH VA MOTIVATSIYA DARSI BO’LIB O’TDI.

“Payshanba — yoshlar kuni” doirasida ADCHTI Oromgoh–2026 talaba-yoshlari uchun navbatdagi motivatsion dars ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

 Mashg‘ulotni Andijon davlat chet tillari instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari Fozilov Botirjon hamda Azizov Davronbek interaktiv va zamonaviy metodlar asosida olib bordilar.

 Dars davomida talaba-yoshlar shaxsiy rivojlanish, maqsad sari intilish, liderlik fazilatlarini shakllantirish, samarali muloqot va jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan qiziqarli mashg‘ulotlarda faol ishtirok etdilar.

Mazkur motivatsion darslar oromgoh ishtirokchilarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularda o‘ziga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, motivatsiyani oshirish hamda kelajakdagi maqsadlariga qat’iy intilish ruhini yanada kuchaytirishga xizmat qildi.

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content