

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Andijon davlat chet tillari institutida talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni sportga keng jalb etish hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida chim ustida xokkey bo‘yicha sport to‘garaklari muntazam ravishda tashkil etilmoqda.
Mashg‘ulotlar davomida ishtirokchilar chim ustida xokkey sport turining nazariy asoslari, texnik va taktik jihatlari bilan yaqindan tanishib, amaliy ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lmoqdalar.
To‘garaklarda talaba-yoshlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, jamoada ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Sport mashg‘ulotlari davomida talabalar faol ishtirok etib, o‘zlarining chaqqonligi, epchilligi va jamoaviy hamjihatlik qobiliyatlarini namoyon etmoqdalar.
Mazkur to‘garaklar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lom va barkamol avlod sifatida tarbiyalash hamda sport sohasida yangi iste’dodlarni kashf etishga xizmat qilmoqda.
Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati