“DOLZARB 90 KUN” LOYIHASI DOIRASIDA FUTBOL TO‘GARAKLARI DAVOM ETMOQDA

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Andijon davlat chet tillari institutida talaba-yoshlar hamda mahalla yoshlarining bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Xususan, Talabalar turar joyida tashkil etilayotgan futbol to‘garaklari yoshlarni sportga keng jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va jamoaviylik ruhini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Mashg‘ulotlarda nafaqat institut talabalari, balki yaqin hududdagi mahalla yoshlari ham faol ishtirok etib, bo‘sh vaqtlarini foydali va mazmunli o‘tkazmoqdalar.

Sport maydonlaridagi har bir mashg‘ulot yoshlarning jismoniy faolligini oshirish, irodasini chiniqtirish va yangi do‘stlik rishtalarini mustahkamlashga zamin yaratmoqda.

“Dolzarb 90 kun” — faollik, sog‘lom hayot va unutilmas yoz fasli demakdir!

Aziz yoshlar, yozni mazmunli va foydali o‘tkazing! Sport bilan shug‘ullaning, faol bo‘ling va “Dolzarb 90 kun” loyihasida biz bilan birga ishtirok eting!

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content