INSTITUT VAKILLARI KOREYA TA’LIM MARKAZI TOMONIDAN TASHKIL ETILGAN OLIY TA’LIM MUASSASALARI KENGASHI YIG‘ILISHIDA ISHTIROK ETDILAR

Andijon davlat chet tillari instituti vakillari Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi Elchixonasi qoshidagi Koreya ta’lim markazi tomonidan tashkil etilgan oliy ta’lim muassasalari kengashining navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdilar.

Mazkur uchrashuvda O‘zbekiston va Koreya Respublikasi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish, ta’lim sifati va xalqaro akademik almashinuvni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida koreys tilini o‘qitish va ommalashtirish, talabalar hamda professor-o‘qituvchilar uchun yangi imkoniyatlar yaratish, qo‘shma ta’lim va madaniy-ma’rifiy loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, Koreya ta’lim markazi va hamkor oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida kelgusida amalga oshiriladigan qo‘shma loyihalar, akademik hamkorlik dasturlari hamda koreys tilini keng targ‘ib etishga qaratilgan tashabbuslar bo‘yicha o‘zaro kelishuvlarga erishildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ta’lim va madaniyat sohalaridagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, koreys tilini o‘rganayotgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda istiqboldagi loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Andijon davlat chet tillari instituti axborot xizmati

Skip to content