
Andijon davlat chet tillari institutida “Dolzarb 90 kunlik” loyihasi doirasida talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Shu munosabat bilan Ingliz filologiyasi, o‘qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti tashabbusi bilan talaba-yoshlar “Qatag‘on qurbonlari xotira muzeyi”ga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida talabalar mustabid tuzum davrida begunoh qurbon bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti, ularning fidokorona faoliyati, milliy mustaqillik yo‘lidagi kurashlari bilan yaqindan tanishdilar. Muzeydagi eksponatlar, tarixiy hujjatlar va fotosuratlar orqali o‘tmish saboqlari chuqur tahlil qilindi.
Mazkur tashrif yoshlar qalbida tarixiy xotiraga hurmat, vatanparvarlik, milliy g‘urur va qadriyatlarga sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirishga xizmat qildi. Tadbir yakunida talabalar o‘z taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, bunday tashriflar ularda chuqur ma’naviy iz qoldirayotganini ta’kidladilar.