OILALARNI KAMBAG’ALLIKDAN CHIQARISHGA QARATILGAN KO’MAKLASHUV ISHLARI AMALDA

Andijon davlat chet tillari instituti Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori M.A.Kurbanov 2025-yilning 25-iyun kuni Buloqboshi tumani Neftchilar MFYda biriktirilgan 5 ta oilalarni kambag‘allikdan chiqarishga qaratilgan ko‘mak ko‘rsatish uchun ushbu mahallaga tashrif buyurdi.

Biriktirilgan oilalarning xonadonlariga Neftchilar MFY hokim yordamchisi N.Berdiqulov bilan birgalikda tashrif buyurib, reesterdagi oilalarni kambag‘allikdan chiqarish borasida daromadli mehnat faoliyati bilan band qilish va tadbirkorlikka jalb etish yo‘nalishida MFY raisi, hokim yordamchisi va boshqa mas’ullar ishtirokida ijtimoiy xizmat, sog‘liqni saqlash hamda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

O‘rganishda mazkur biriktirilgan barcha oilalarga qoʻshimcha tadbirkorlik bilan shugʻullanish, bu uchun bugungi kunda ajratilayotgan imtiyozli kreditlar haqida tushunchalar berib oʻtildi.

Leave a Reply

Skip to content