
Andijon davlat chet tillari institutida talaba-yoshlarning bilim olishlari bilan bir qatorda ularning amaliyotiga, olgan bilimlarini hayitga tadbiq etishlariga ham alohida e’tibor qaratiladi. Dual ta’lim jarayonlarini tashkil qilish esa bunda yanada qo’l kelmoqda.
Bugun – 15.04.2025-yil kuni Ingliz tili va adabiyoti fakulteti O’quv ishlari bo’yicha dekan o’rinbosari S.Jamoldinov talabalarining ish faoliyatlarini ko’zdan kechirish maqsadida Andijon tumanidagi 14-umumta’lim maktabiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida talaba-yoshlar tomonidan olib borilayotgan dars jarayonlari o’rganilib, ularga kerakli metodik tavsiyalar berildi.