VAZIR INSTITUT TALABALAR TURAR JOYIGA TASHRIF BUYURDI

Bugun – 14.04.2025-yil kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.A.Sharipov Andijon davlat chet tillari Talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.

Vazir boshchiligidagi mehmonlarni institut rektori D.A.Rustamov kutib oldi va Talabalar turar joyi faoliyati bilan tanishtirdi.

Dastlab, ayni vaqtda qurilish ishlari olib borilayotgan yangi DXSh asosidagi turar joy binosidagi jaroyon ko’zdan kechirildi.

Shundan so’ng talabalarning darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida yo’lga qo’yilgan sport to’garaklarida ishtirok etgan vazir Q.Sharipov ular bilan birga volleybol o’ynab, suhbatlar olib bordi.

Leave a Reply

Skip to content