IQTIDORLI TALABALAR BILAN DAVRA SUHBATI TASHKIL ETILDI

Iqtidorli talabalar bilan tashkil etilgan navbatdagi yigʼilishda boʼlim boshligʼi M.Baltabayeva iqtidorli talabalarning joriy yilda erishayotgan yutuqlari xususida oʼz fikrlarini bayon etdi.

Xususan, Yoshlar akademiyasiga aʼzo boʼlish maqsadida loyihalar tanlovining muntazam oʼtkazilayotganligi, «Yoshlar Texnoparkida tashkil etilayotgan seminar-treninglar,» InnoX biznes-inkubator akselerator dasturi negizida tashkil etilayotgan oʼquv kurslarida talabalarimiz ishtiroki ortib borayotganligi,»Mirzo Ulugʼbek vorislari «respublika tanlovining 1-bosqichida Rayhona Abdusamatova va Mohiraxon Xoshimjonovaning gʼolib boʼlganligi, shuningdek, Oliy taʼlim Vazirligi huzuridagi Innovatsion rivojlantirish agentligi tomonidan tashkil etilgan «Boʼlajak olim» tanlovida Soliha Muhammadaminovaning loyihasi ekspertlar tomonidan muvaffaqiyatli baholanganligi,Gullola Sherboyevaning Jahon banki tomonidan tashkil etilgan xalqaro seminardagi faolligi uchun sertifikat bilan taqdirlangaligi kabi yutuqlar xususida maʼlumot berib oʼtdi.

Iqtidorli talabalar Shoxruxbek Komiljonov, Soliha Muhammadaminova, Xojiakbar Qodirovlarning iqtidorli talabalarning faolligini yanada oshirish yuzasidan taklif va fikr-mulohazalari tinglanib, amalga oshirish yuzasidan bajariladigan ishlar kelishib olindi.

Leave a Reply

Skip to content