
Bugun – 10.04.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutiga «Ochiq eshiklar kuni» munosabati bilan Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi mas’ulligida Andijon tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 35-umumta’lim maktabi o’quvchilari tashrif buyurdilar.
Ularni institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori M.A.Kurbanov hamda O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i S.Toshtonovlar kutib oldi hamda institut haqida umumiy ma’lumotlar berib o’tdi.
Shundan so’ng tashrif buyurgan maktab o’quvchilari institut bo’ylab ekskursiyaga yoʻl oldilar. Institut «Gid markazi» xodimlari ularga hamrohlik qildilar. Jumladan, institutdagi sport zali, Axborot resurs markazi, ALTAIIM binosi hamda o’tgan yili qad roslagan, zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan yangi oʻquv binosi bilan yaqindan tanishgan hamda institutning professor-o’qituvchilari tomonidan o’tilgan «Mahorat darsi»da ishtirok etgan o’quvchilar, bir olam taassurot bilan qaytdilar.