PROFESSOR-O’QITUVCHILAR XORIJIY XIZMAT SAFARIGA YUBORILDI

Xabaringiz bor, Andijon davlat chet tillari institutida xorijiy Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni keng yo’lga qo’yish, o’zaro malaka va tajriba almashish, akademik mobillik, qo’shma konferensiyalar tashkil qilish masalalari tizimli olib borilmoqda.

Jumladan, bugun – 10.04.2025-yil kuni 13 nafar professor-o’qituvchilardan iborat delegatsiya qo’shni Qozog’iston Respublikasi hamda Turkiya davlatiga xizmat safari va ilmiy stajirovkaga kuzatildi.

Ushbu kuzatuv marosimini ochib bergan institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori M.A.Kurbanov xizmat safaridan ko’zlangan maqsad, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish uchun amalga oshiriladigan ishlar, ilmiy ishlarni hamkorlikda amalga oshirishdagi takliflar xususida fikrlar bildirib o’tdi.

Shundan so’ng so’z olgan institut O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i S.Toshtonov safar davomida professor-o’qituvchilar o’rtasida hamkorlikni kuchaytirish, o’zaro hammualliflikda o’quv qo’llanma, monografiya, darsliklar ishlab chiqish masalalariga e’tibor qaratishga chorladi.

Marosim davomida boshqa mas’ullar ham o’z yo’nalishlaridan kelib chiqqan holda ko’rsatma va tavsiyalar berib kuzatib qo’ydilar.

Leave a Reply

Skip to content