
Huquqbuzarlik – huquq va muomala layoqatiga ega subʼyekt tomonidan sodir etiladigan, huquq normalari talablariga zid keluvchi hamda shaxsga, mulkka, davlatga va butun jamiyatga zarar keltiruvchi ijtimoiy xavfli qilmish. Oʻz xususiyatiga koʻra, huquqbuzarlik jinoyat, nojoʻya harakat, intizomni buzish shaklida boʻladi.
Jinoyatchilik — Jinoyat qonunida nazarda tutilgan ijtimoiy xavfli qilmish. Muayyan qilmishni jinoyat deb hisoblash masalasi har bir davlatda oʻzining ijtimoiy tuzumi, aholining turmush tarzi, milliy xususiyatlari, urf-odatlariga muvofiq xalqaro huquq meʼyorlari eʼtiborga olingan holda hal etiladi.
Bugun – 11.04.2025-yil sanasida Andijon davlat chet tillari instituti profilaktika katta inspektori B.Xodjayev ishtirokida fakultetlar talabalari orasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish hamda huquqiy madaniyatni oshirishda maqsadida profilaktika tadbirlarini olib bordilar.