
Xabaringiz bor, Andijon davlat chet tillari instituti rahbar xodimlari uchun siyosiy-ma’rifiy soat tashkil qilinib kelinmoqda.
Bugun – 07.04.2025-yil kuni ushbu dars mashg’ulotining navbatdagisi o’tkazildi. Unda institut Registrator ofisi rahbari Xusanov Xabibullo tomonidan o’tgan hafta davomida yurtimizda bo’lib o’tgan siyosiy voqeliklar, chiqarilgan qonun hujjatlari, xususan, O’zbekiston-Tojikiston-Qirg’iziston prezidentlarining uchrashuvi, unda ko’rilgan masalalar, qo’shni mamlakatlar munosabatlarining ijobiy jihatlari haqida ma’lumotlar berib o’tildi.