DUAL TA’LIM YANGI IMKONIYATLAR ESHIGINI OCHMOQDA

Andijon davlat chet tillari institutida talaba-yoshlarning bilim olishlari bilan bir qatorda ularning amaliyotiga, olgan bilimlarini hayitga tadbiq etishlariga ham alohida e’tibor qaratiladi. Dual ta’lim jarayonlarini tashkil qilish esa bunda yanada qo’l kelmoqda.

Kuni kecha Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti Ingliz tili o’qitishning integrallashgan kursi kafedrasi professor-o’qituvchilari Numonova Mashxuraxon hamda Shamsuddinova Diyoraxonlar o’zlariga biriktirilgan bitiruvchi bosqich talabalarining ish faoliyatlarini ko’zdan kechirish maqsadida Andijon shahridagi 36-umumta’lim maktabiga tashrif buyurdilar.

Tashrif davomida talaba-yoshlar tomonidan olib borilayotgan dars jarayonlari o’rganilib, ularga kerakli metodik tavsiyalar berildi. Bundan tashqari bitiruvchi sinf o’quvchilari uchun mahorat darsi tashkil qilinib, ulardagi ilm olish, kelajakda yaxshi kasb egallashga bo’gan qiziqishlari rivojlantirildi.

Leave a Reply

Skip to content