
Xabaringiz bor, Andijon davlat chet tillari instituti professor-o’qituvchilaridan iborat delegatsiya Tojikiston Respublikasiga xizmat safariga yo’l olgan edi.
Delegatsiya a’zolari u yerda dastlabki kuni xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etdilar. Anjumanda institutimiz vakillari ham nutq so’zlab, o’z ma’ruzalarini tinglovchilarga yetkazdilar.
Keyingi kuni esa Tojikiston Xalqaro turizm va tadbirkorlik universiteti rahbariyati bilan uchrashuv tashkil qilindi. Ushbu uchrashuv davomida tomonlar manfaatlaridan kelib chiqqan holda shartnoma muzokarasini o’tkazdilar.
Ushbu safar bo’yicha institut Matbuot xizmati maxsus reportaj tayyorlamoqda. Batafsil ma’lumotlarni ushbu reportajdan olishingiz mumkin bo’ladi.