
Andijon davlat chet tillari instituti professor-o’qituvchilari «Yashil mehmonxona»larni ekologik-barqarorlik sifatida xalqaro sertifikatlash bo’yicha seminar-treningda ishtirok etishdi.
Joriy yilning 3-5-aprel sanalarida Nukus shahrida Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti Gid hamrohligi, madaniyatlararo muloqot va tarjimashunoslik kafedrasi mudiri M.Qosimova, o’qituvchilar U.Mirzakomolov va A.Yusupovalar Germaniyaning GIZ (Deutsche Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit GmbH) tashkiloti loyihasi doirasida tashkil etilgan «Murabbiylar tayyorlash» seminari, «Muvaffaqiyat sirlari», «Yashil mehmonxona»larni ekologik-barqarorlik sifatida xalqaro sertifikatlash bo’yicha seminar-treninggida ishtirok etdilar.
Shuningdek, ushbu kurs 4 bosqichda amalga oshirildi:
1-bosqich: Turizm ta’minot zanjiri; barqarorlik turizmi:
2-bosqich: GSTC (Global Sustainable Tourism Counsil) soha mezonlari.
3-bosqich: Quriyotgan orolga amaliy tashrif.
4-bosqich: O’zbekistonda barqarorlikka erishish imkoniyatlari: «Sayyoramizni asrang» shiori ostida 5-aprel sanasidan boshlab tinglovchilar xalqaro standartlar bo’yicha xalqaro mutaxassis sifatida o’qitildi.
Ushbu seminarda «Yashil mehmonxona» larning ahamiyati, ekologik toza texnologiyalardan foydalanish, mehmonlarga ekologik xizmatlar ko’rsatish va boshqa muhim mavzular muhokama qilindi.