«BOBUR IZDOSHLARIMIZ» KO’RIK-TANLOVI SOVRINLARI TOPSHIRILDI

Xabaringiz bor, Andijon farzandi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan Andijon viloyati hokimligi hamda «Vodiy1.uz» sayti hamkorligida viloyatdagi Oliy ta’lim muassasalari talabalari o’rtasida «Bobur izdoshlarimiz» ko’rik-tanlovi tashkil qilingan edi.

Bugun – 24.03.2025-yil kuni ushbu ko’rik-tanlovda faxrli 2-o’rinni egallaganligi uchun Andijon davlat chet tillari instituti jamoasiga maxsus sovrinlarni topshirish – taqdirlov marosimi bo’lib o’tdi.

Kompyuter hamda interaktiv panellar jamlanmasidan iborat sovrinni «Vodiy1.uz» sayti asoschisi, «Oltin qalam» sohibi E.Ermatov institut jamoasiga topshirdi.

Ushbu taqdirlov marosimida institut rektori D.A.Rustamov boshchiligida mas’ul rahbarlar, professor-o’qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.

Tadbir davomida rahbariyat tomonidan talaba-yoshlarning ijodkorligi ko’zdan kechirilib, kelajakda teatrga e’tiborni oshirish, ijtimoiy tarmoqlarni foydali kontentlar bilan boyitish yuzasidan ko’rsatmalar va ma’lumotlar berib o’tildi.

Leave a Reply

Skip to content