
Barchamizga ma’lumki, o’tgan – 2023-2024-o’quv yili davomida Andijon viloyatidagi umumta’lim maktablari 9-11-sinf bitiruvchilari, ingliz yili fani o’qituvchilari o’rtasida Andijon davlat chet tillari rektori, Filologiya fanlari doktori, professor Dilshodbek Abduvahidovich Rustamov sovrini uchun Ingliz tili fan olimpiadasi tashkil qilinib, juda yuqori saviyada o’tkazilgan va e’tiroflarga sazovor bo’lgan edi.
Ushbu olimpiada loyihasida uni muntazam ravishda tashkil etish ko’zlangan bo’lib, bugun – 24.03.2025-yil kuni mas’ullar ishtirokida joriy o’quv yilida o’tkaziladigan olimpiada tartibiga yangiliklar kiritish, kreativ yondashuvlar asosida loyihalar ustida ishlash yuzasidan yig’ilish bo’lib o’tdi.
Ushbu yig’ilishni institutning O’quv ishlari bo’yicha prorektori E.E.Kurbanov hamda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori M.A.Kurbanovlar olib borib, kun tartibidagi masala yuzasidan batafsil ma’lumotlar berib o’tdilar.