OCHIQ DARS MASHG’ULOTI O’TKAZILDI

Andijon davlat chet tillari institutida professor-o’qituvchilar tomonidan dars mashg’ulotlari ochiq, sifatli tarzda olib borilishi, talaba-yoshlarga yangi metodlar asosida ta’lim berilishiga asosiy e’tibor qaratilmoqda.

Bugun – 24.03.2025-yil kuni Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakultet Ingliz tili o’qitishning integrallashgan kursi kafedrasi o’qituvchisi Z.Jabborova tomonidan ochiq dars mashg’uloti o’tkazildi.

Ushbu ochiq dars «Speaking methods» mavzusida olib borildi. Dars davomida ko’plab interaktiv metodlardan foydalanilib, talabalarni mavzuni to’la o’zlashtirishlariga erishildi.

Leave a Reply

Skip to content