INSTITUT REKTORI FRANSIYADA BO’LIB TURIBDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasi Prezidenti Emmanuel Makronning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatda b (https://president.uz/uz/lists/view/7931)o‘lib turibdi.

Kuni kecha, ushbu tashrif doirasida Parij shahrida “Ilm-fan va ta’lim: O‘zbekiston-Fransiya ko‘prigi” mavzusida xalqaro konferensiya boshlandi.

Tadbirda O‘zbekiston va Fransiyaning 30 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, shu qatorda men ham ishtirok etmoqdaman.

Tadbirni O‘zbekiston Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov  hamda Fransiya Oliy ta’lim va tadqiqotlar vazirligi Yevropa va xalqaro departamenti boshlig‘i Maniel Boire ochib berdi.

Konferensiya doirasida qo‘shma ta’lim dasturlari, professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish va talabalar almashinuvini kengaytirish bo‘yicha Fransiyaning qator universitetlari bilan hujjatlar imzoladik.

Kun davomida konferensiya o‘z ishini 3 ta sessiyada davom ettirdi. Konferensiya davomida erishilgan kelishuvlar bo‘yicha keyinroq axborot beraman.

Leave a Reply

Skip to content