INSTITUTGA XORIJIY INVESTITSIYA KIRITILDI

Kuni kecha Andijon davlat chet tillari institutiga ushbu Roman-german va slavyan tillari fakulteti dekanati tomonidan Germaniyaning “Klett” nashriyotida chop etilgan, til bilish darajalarini egallashga yo’naltirilgan, umumiy narxi 9 500 € turuvchi kitoblar investitsiya sifatida olib kelindi.

Mazkur kitoblar nemis tiliga ixtisoslashgan yo‘nalishlar talabalarining nemis tilidan bilim va ko’nikmalarini yanada boyitishga xizmat qiladi.

Ushbu kitoblarni Roman-german va slavyan tillari fakulteti dekani M.Pazilov, dekan o’rinbosarlari B.Botirov, O.Sultonqulovlar boshchiligidagi professor-o’qituvchilar qabul qilib oldilar.

Umid qilamizki, institutimizning bilimga chanqoq, iqtidorli talaba-yoshlari ushbu kitoblardan oqilona foydalanadilar.

Leave a Reply

Skip to content