IQTIDORLI TALABA ISHTIROKIDA SEMINAR TASHKIL ETILDI

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʼlimi tomonidan Ingliz filolog
iyasi oʼqitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti talabalari bilan seminar tashkil etildi.

Seminarda Andijon davlat chet tillari instituti va Janubiy Koreyaning Cheju Halla universitetining Xalqaro hamkorligi loyihasi asosida Turizm yo’nalishida 1 semestr oʼqish grantini qoʼlga kiritgan, Topik 4 va SKA 5 darajasini olgan, Cheju Halla universitetida o’tkazilgan 6-notiqlik musobaqasida birinchi oʼrinni egallagan, Andijon davlat chet tillari instituti qoshida Qirol Sejong o’quv markazi tomonidan o’tkazilgan Insholar tanlovining 3-o’rin sohibasi Joʼrayeva Zebuniso Dovudbek qizi Janubiy Koreya Universitetidagi talabalar hayoti, oʼquv jarayonlari va tashkil etilgan tanlovlar haqidagi taassurotlari bilan oʼrtoqlashdi.

Seminar yakunida institut Yoshlar akademiyasi lideri Mahliyo Karimova tavsiyasi bilan Zebuniso Joʼrayeva Yoshlar akademiyasi fakultet lideri etib tayinlandi.

Leave a Reply

Skip to content