INSTITUTDA «OCHIQ ESHIKLAR KUNI» DAVOM ETMOQDA

Bugun – 18.02.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutiga «Ochiq eshiklar kuni» munosabati bilan Andijon shahar va Baliqchi tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 17, 26-umumta’lim maktabi bitiruvchilari tashrif buyurdilar.

Ularni institutning Talabalar amaliyoti bo’limi boshlig’i X.Xakimov, Ijtimoiy gumanitar fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri A.Teshaboyev, Ingliz tili va nazariy aspektlari kafedrasi mudiri M.Axunovlar kutib oldilar hamda institut haqida umumiy ma’lumotlar berib o’tdi.

Shundan so’ng tashrif buyurgan maktab o’quvchilari institut bo’ylab ekskursiya qildilar. Jumladan, institutdagi sport zali, Axborot resurs markazi, ALTAIIM binosi hamda o’tgan yili qad roslagan, zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan yangi bino bilan yaqindan tanishgan o’quvchilar, bir olam taassurot bilan qaytdilar.

Leave a Reply

Skip to content