BITIRUVCHI TALABALAR BILAN UCHRASHUV BO’LIB O’TDI

Bugun – 18.02.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakultetining bir guruh bitiruvchi talabalari bilan institut rektori D.A.Rustamov ishtirokida uchrashuv bo’lib o’tdi.

Uchrashuvga «O’zmilliybank» AJ Andijon viloyati bosh boshqarmasi boshlig’i birinchi o’rinbosari B.Abdullayev, mutaxassislar G.To’ychiyeva, H.Yo’ldashevlar ham taklif etilib, ular bilan birgalikda qator masalalar muhokama qilindi.

Rektor Dilshodbek Abduvahidovich yaqindagina O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning yoshlar bilan tarixiy uchrashuvi bo’lib o’tgani va unda aynan bitiruvchi-yoshlar uchun bir necha qulayliklar, imkoniyatlar haqida fikrlar yangraganini ta’kidlab ushbu uchrashuvni ochib berdi.

Shundan so’ng bank sohasi mutaxassislari ham so’z olib, ular tomonidan bitiruvchilar, umuman, yoshlarga yaratilgan qulayliklar xususida aytib o’tdi. Talaba-yoshlar o’z savol va takliflari bilan mas’ullarga murojaat qilib, o’zlarini qoniqtirgan javoblarni oldilar.

Bunday uchrashuvlar jadval asosida barcha bitiruvchi-talabalar bilan tashkil qilinadi.

Leave a Reply

Skip to content