«USTOZ-SHOGIRD» TIZIMI AMALDA

Andijon davlat chet tillari institutida avvaldan «Ustoz-shogird» tizimi doimiy ravishda namunali tarzda olib borilgan bo’lib, professor-o’qituvchilar talabalar iqtidorini namoyish qilish, o’z oldiga yuksak maqsadlar qo’yib, unga tomon harakat qilishda o’z maslahatlari, yo’l-yo’riq, ko’rsatmalarini berib kelgan.

Bugun – 17.02.2025-yil sanasida Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakultetida Filologiya fanlari doktori, professor Gʻanijon Xoshimov fakultet talabalari bilan uchrashdi.

Suhbatni Ingliz tili va adabiyoti fakulteti dekani K.Karimov ochib berdi va ushbu tadbirni tashkil qilishdan asosiy maqsad haqida fikr bildirib, navbatni professor Xoshimovga berdi.

Davra suhbati davomida  Gʻ.Xoshimov oʻzining hayot yoʻllari, mehnat orqali topganlari, ilm izlab chekkan zahmatlari haqida gapirib, bugungi kun yoshlari uchun yaratilgan sharoitlar qay darajada yuqori ekani, bulardan foydalanish zarurligini ta’kidlab o’tdi. Talabalar ham oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va ularga atroflicha javob oldilar.

Leave a Reply

Skip to content