
Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakultetida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan «Bobur – dilbar shaxs» deb nomlanuvchi tadbir tashkil qilindi.
Fakultet tyutorlari tomonidan tashkil qilingan ushbu tadbir davomida talaba-yoshlar tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag’ishlangan qiziqarli ma’lumotlar, sahna ko’rinishlari namoyish etilib, ijod namunalari badiiy o’qildi.