
Andijon davlat chet tillari instituti rektori D.A.Rustamov tashabbusi bilan asos solingan «ASIFL LEAGUE-2025» mavsumiy mini-futbol ligasining tur o’yinlariga qur’a tashlandi.
15.02.2025-yil kuni ochilish marosimi va ilk tur o’yini bo’lib o’tadigan «ASIFL LEAGUE-2025» mini futbol chempionatining nizomi, o’yinlar tashkil qilinishi va o’tkazilishi bilan bog’liq masalalar yechimiga bag’ishlangan yig’ilishda barcha jamoalar sardorlari hamda musobaqa tashkilotchilari ishtirok etdilar.
Yig’ilish davomida barcha masalalarga oydinlik kiritib olingach, qur’a tashlash marosimi bo’lib o’tdi.
Qur’a natijalari bilan keyingi xabarlarimizda tanishtirib o’tamiz.