
Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakultetida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan «Olis yulduz shu’la taratar» deb nomlanuvchi tadbir tashkil qilindi.
Fakultet tyutorlari tomonidan tashkil qilingan ushbu tadbir davomida talaba-yoshlar tomonidan Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag’ishlangan qiziqarli ma’lumotlar, sahna ko’rinishlari namoyish etilib, ijod namunalari badiiy o’qildi.