
Andijon davlat chet tillari institutining istiqbol rejasida barcha professor-o’qituvchilarni xorijiy nufuzli oliy ta’lim muassasalarida malaka oshirishlari va u yerlardan eng zamonaviy metodik ko’nikmalarni shakllantirgan holda qaytishlarini ta’minlash maqsad qilingan.
Ayni shu reja ijrosini ta’minlash maqsadida Ingliz filologiyasi, o’qitish metodikasi va tarjimashunoslik fakulteti Ingliz tili o’qitishning integrallashgan kursi kafedrasi o’qituvchisi Sh.Mo’ydinova Yaponiya davlatining Musashino universitetida malaka oshirish kurslarida ishtirok etib qaytdi.
Ushbu kurs davomida professor-o’qituvchimiz o’z faoliyati davomida qo’llashi mumkin bo’lgan yangi bilimlarga ega bo’ldi.