
Bugun – 11.02.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari institutiga «Ochiq eshiklar kuni» munosabati bilan Bo’ston tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limiga qarashli 19, 20-umumta’lim maktabi bitiruvchilari tashrif buyurdilar.
Ularni institutning Ingliz tili va adabiyoti fakulteti Ingliz tili amaliyoti kafedrasi mudiri M.Hoshimov hamda professor-o’qituvchilar B.Hamidov, A.Latifjonov, M.Zuhriddinova, G.Ayubova, H.Qosimovalar kutib oldi hamda institut haqida umumiy ma’lumotlar berib o’tdi.
Shundan so’ng tashrif buyurgan maktab o’quvchilari institut bo’ylab ekskursiya qildilar. Jumladan, institutdagi sport zali, Axborot resurs markazi, ALTAIIM binosi hamda yaqinda qad roslagan, zamonaviy jihozlar bilan jihozlangan yangi bino bilan yaqindan tanishgan o’quvchilar, bir olam taassurot bilan qaytdilar.