INSTITUT XODIMLARI MALAKA OSHIRISH KURSLARIDA ISHTIROK ETDILAR

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 21 yanvar kungi 20-sonli buyrug‘i, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Qonunchilik hujjatlari ijrosini samarali tashkil etishda davlat boshqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari rahbarlarining shaxsiy javobgarligini kuchaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 10-fevraldagi PF‑6166-son farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ““Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlashga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2021-yil 31- maydagi PQ-5132-son qarorlari ijrosini taʼminlash maqsadida  institutning devonxona mudirlari, ijro intizomi hamda murojaatlar bilan ishlash bo‘limi boshliqlari uchun 2025-yil 4-6 fevral kunlari qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etildi.

Мaxsus o‘quv kurslari mashg‘ulotlarini zamonaviy pedagogik, multimedia va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng qo‘llagan holda tashkil etilib, tinglovchilarning amaliy mashg’ulotlarni ijro intizomi, hujjatlar bilan ishlash tajribasi katta bo‘lgan O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat
sharqshunoslik universitetlarida tashkil etildi.
Мaxsus o‘quv kursini muvaffaqiyatli yakunlagan tinglovchilarga sertifikatlar berildi.

Ushbu malaka oshirish kurslarida Andijon davlat chet tillari instituti xodimlari – Institut devonxona bo‘limi boshlig‘i M.Xusanova hamda Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash, nazorat va monitoring bo‘limi boshlig‘i R.Xametovlar ham ishtirok etdilar.

Leave a Reply

Skip to content