
Andijon davlat chet tillari institutida doktorantlar hamda ular biriktirilgan kafedra mudirlari bilan chorak yakuni bo’yicha tanqidiy-tahliliy yig’ilish bo’lib o’tdi.
Ushbu yig’ilishni institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori M.A.Kurbanov olib bordi.
O’quv yili boshida 71 nafar doktorantlar oldiga qator masalalar qo’yib berilgan edi: jumladan, Scopus, Web of Science ilmiy jurnallarida maqola chop ettirish; xorijiy davlatlardagi Oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-stajirovkani amalga oshirish; TOP-1000talikka kiruvchi Oliy ta’lim muassasalarida shaxsiy va kasbiy rivojlanishga qaratilgan onlayn kurslarga yozilish shular jumlasidan.
Prorektor Muzaffar Abdumutallibovich har bir doktorant bilan birma-bir ushbu topshiriqlar ijrosini muhokama qildi. Natijada 71 nafar doktorantlardan 42 nafarida turli kamchiliklar aniqlanib, ularga jiddiy ogohlantirish e’lon qilindi.
Bundan tashqari yig’ilish davomida xursandchilik yangilik ham e’lon qilindi: 2 nafar doktorantlarga Buyuk Britaniyaning mashhur Riding universitetidan ijobiy javob kelib, o’qishni ushbu universitetda davom ettirishadigan bo’ldi.
Ushbu o’tkazilayotgan yig’ilishlar, ko’rsatilayotgan tashabbuslar zamirida asosiy bir maqsad yotadi – institutga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish. Bunda ilmiy izlanishlar olib borayotgan doktorantlarga katta ishonch bildirilmoqda.