TALABALAR BILAN DAVRA SUHBATI BO’LIB O’TDI

Qadriyatlar – har bir millatning ma’naviy qiyofasini namoyon etadi. Xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, qadriyatlari va milliy madaniyatini aks ettiruvchi milliy liboslarimiz qadriyatlarimizning muhim qismi bo‘lib, butun millatning ma’naviy qiyofasini o‘zida namoyon etadi, desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Bugun – 08.02.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Roman-german va slavyan tillari fakultetida «Milliy qadriyatlar – millat ma’naviyatining ko’zgusi» mavzusida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Davra suhbatini institut rektorining Xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi Z.Kabilova hamda fakultet dekanining Xotin-qizlar masalalari bo’yicha maslahatchisi O.Azimovalar olib borib millat rivoji va ravnaqida milliy qadriyatlarning o’rni qay darajada ekanini sharhlab berdilar.

Leave a Reply

Skip to content