
Bugun – 10.02.2025-yil kuni Andijon davlat chet tillari instituti Ingliz tili va adabiyoti fakulteti Ingliz tili amaliyoti hamda Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi tomonidan «Jahon universitetlari reytingida yuqori o’rinlarni egallash uchun transformatsion strategiyalar: muammo va yechimlar» mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani bo’lib o’tdi.
Dastlab Filologiya fanlari doktori, professor M.Umarxo’jayev kirish nutqini so’zlab, anjumanni ochib bergan bo’lsa, undan so’ng Filologiya fanlari doktori, professor G’anijon Xoshimov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori M.Kurbanov, O’quv ishlari bo’yicha prorektor E.Kurbanovlar tomonidan anjuman tashkil qilish va o’tkazish mazmun-mohiyati haqida fikrlar bildirilib, mavzu yuzasidan o’z nutqlarini bayon qildilar.
Anjumanda kafedra professor-o’qituvchilari hamda iqtidorli talabalar ham ishtirok etib, o’z yo’nalishi bo’yicha nutq so’zladilar.
Kunning ikkinchi qismida esa sho’balarda konferensiya ishi davom ettirilib, amaliy mashg’ulotlar olib borildi.