XALQARO HAMKORLIKNI RIVOJLANTIRISH YO’LIDA

Andijon davlat chet tillari institutida 2023-2024-o’quv yilida Filologiya va tillarni o’qitish: yapon tili yo’nalishiga talabalar qabul qilingam edi. Institut ma’muriyati ushbu yo’nalish faoliyatini yana ham rivojlantirish, xorijiy mutaxassislarni jalb qilish ustida doimiy ish olib bormoqda.Jumladan, bugun – 06.02.2025-yil kuni institutga JICA (Japan International Cooperation Agency – Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi) vakillari taklif qilindi.Ularni kutib olib, suhbatlashgan institut O’quv ishlari bo’yicha prorektori E.E.Kurbanov ayni vaziyat haqida tushuncha berdi. Shundan so’ng ikki tomon o’zaro manfaatli hamkorlikni yo’lga qo’yishga qaratilgan muzokaralarni olib bordilar.

Yakunda institutda yapon tili o’qitilishini rivojlantirish, Yaponiyadan soha mutaxassislarini jalb qilishga erishish kabi qator masalalarda kelishuv amalga oshirildi.

Leave a Reply

Skip to content