INSTITUTDA IJODKOR VA YOSHLAR UCHRASHUVI BO’LIB O’TDI

1964-yili Toshkent teatr va rassomchilik institutiga kelganimda, 244 kishi hujjat topshirgan edi, keyin esa drama mahorati yo‘nalishiga 11 kishini olishini eshitganman. Yuragim shuv etgan, bir qarasam sochlari taqimini o‘pgan Gulchehra Jamilova, Gulya Muhammedova, Karomat, Lola bor bo‘lgan, bolalarning hammasi baquvvat. Men esa qishloqdan kelganman, shayton “hujjatingni olib ket”, rahmon esa “to‘xta”, degan. Keyin kirib ijroni topshirib chiqdim, ikkita imtihon bo‘lardi, ikki marta “elanardi”.
Bugungi «Ijodkor va yoshlar uchrashuvi» mehmoni, O’zbekiston xalq artisti Erkin Komilov suhbatni ushbu so’zlar bilan boshladi.

Andijon davlat chet tillari instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi hamda «Ibrat» teatr studiyasi tashabbusi bilan bugun – 06.02.2025-yil kuni o’zbek xalqini sevimli ijodkori Erkin Komilov bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuv davomida san’atimiz darg’alaridan biri tomonidan talaba-yoshlarga ko’plab hayotiy misollar orqali ilm olishning foydasi, boshqalarga yordam berish, ezgu ishlarni amalga oshirish, maqsadga erishish yo’lida mehnat qilishdan, kurashishdan to’xtamaslik bo’yicha maslahatlar berildi. Barcha talabalar ushbu uchrashuvdan o’zlariga kerakli xulosalar bilan chiqdilar.

Leave a Reply

Skip to content