INSTITUT MUSIQA VA RAQS ANSAMBLI TANLOVDA ISHTIROK ETDI

Kuni kecha Andijon shahridagi Qo’g’irchoq teatrining katta tadbirlar zalida «An’analar diyori» nomli folklor-etnografik jamoalar o’rtasida ko’rik-tanlov o’tkazildi.

Ushbu ko’rik-tanlov Andijon viloyatidagi 16 ta shahar-tuman jamoalari o’rtasida tashkil qilinib, Andijon shahri nomidan Andijon davlat chet tillari instituti talaba-qizlari raqs namoyish qildilar.

Quvonarlisi shundaki, jamoamiz tanlovda faol ishtirok etib, 1-darajali diplom bilan taqdirlandi.

Leave a Reply

Skip to content